Biz haqimizda

Amir's Tour kompaniyasi nafaqat individual turlar bilan shug‘ullanadi, balki biz sizga korporativ dam olish va guruh bo‘lib sayohat qilish imkoniyatlarini ham taklif qilishimiz mumkin. 20 yildan buyon turizmning turli yo‘nalishlarida ishlab kelayotgan sayyohlik agentligimiz xodimlari sizga qulay xizmatni tanlashda, siz uchun munosib qatnovlarni topishda yaqindan ko‘mak beradi. Ular sizga qaysi mehmonxonada qolishingiz, qaysi yo‘nalish siz uchun eng qulayligi, eng muhimi ishonchli va xavfsiz bo‘lishini ta’minlab berishadi. Va, albatta, biz eng keng turdagi xizmatlarni taqdim etamiz, xususan, vizalarni rasmiylashtirish, mehmonxonani bron qilish, kutib olish va kuzatish, individual va jamoaviy sayohat uchun dasturlarni tavsiya qilamiz. Biz sizning sayohatingizni qulay, betakror va unutilmas qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. Bizning maqsadimiz – sifatli va arzon turistik dasturlarni taqdim qilib, mijozlarimizning safardan unutilmas xotiralar bilan qaytishlarini ta’minlash. Kompaniyamizning eng asosiy qadriyati – biz barcha mijozlarga, ularning hohish va istaklariga individual yondashamiz.

 image our vision
Siz turni muvaffaqiyatli band qildingiz. Siz bilan yaqin orada bog’lanamiz!